O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkillashtirish choralari bo’yicha» №PQ-3256-sonli Qaroriga asosan tashkil etildi.

uzbekistan_nature-381

O'zR FA Botanika institutining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan: Institutning asosiy vazifalari quyidagilar

  • O’zbekiston florasini o’rganishni baholash va tahlil qilish, o’simlik zahiralarini aniqlash va barqaror foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
  • O’zbekiston florasining milliy axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, O’zbekistondagi noyob va endem turlarni kadastrini, milliy Qizil kitobni va O’zbekiston o’simlik dunyosining monitoringini yuritish;
  • mahalliy va o’zga hudud floralariga mansub o’simliklarni introduktsiya va akklimatizatsiya qilishning nazariy asoslarini amalda qo’llashning imkoniyatlarini kengaytirish;
  • genetik bioxilma-xillikni tabiiiy sharoitda (in-situ) saqlashning metodik asoslarini takomillashtirish, shuningdek, botanika bog’ining kollektsiya maydonlarida (ex-situ) kamyob va endem turlarini saqlash va kelajakda tabiatga reintroduktsiya qilish;
  • cho’llanish jarayonida o’simliklar qoplami evolyutsiyasini o’rganish, holatini yaxshilash bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va klimatik jarayonlar dinamikasini tadqiq etish;
  • g’o’zaning dunyoviy genofondini boyitish, saqlash, o’rganish va hujjatlashtirish, xalq xo’jaligining talabini qondiruvchi va jahon bozorida raqobatdosh yangi navlarni yaratishda dastlabki material sifatida foydalanish;

Institutning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy izlanishlarni shakllantirishning usullarini takomillashtirish. Institutning ustuvor yo'nalishlari

  • O’zbekiston o’simlik dunyosining ob’ektlarini tahlil etish, baholash va monitoringini yuritish, alohida ahamiyatga ega bo’lgan botanik hududlarni aniqlash, milliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, milliy qizil kitobni va O’zbekiston florasining davlat kadastrini yuritish, xom-ashyobop o’simliklarning ro’yxatini tuzish;
  • o’simliklar molekulyar filogeniyasi va sistematikasini rivojlantirish, O’zbekiston florasining noyob va yo’qolib borayotgan turlarini barkodlash va pasportini tuzish;
  • istiqbolli iqtisodiy ahamiyatga ega o’simlik turlarini introduktsiya va akklimatizatsiya etish, O’zbekiston florasining noyob, yo’qolib borayotgan va endemik turlarning genetik bankini yaratish;
  • antropogen omillar va cho’llanish jarayonlari ta’siri natijasida ekosistemalarning zamonaviy holatini baholash, asosiy tabiiy yaylovzorlar hisoblangan qurg’ochil ekosistemalardan barqaror foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
  • Gossypium L. turkumi polimorf diploid va tetraploid turlarining sistematikasi, evolyutsiyasi va filogeniyasining fundamental muammolari qonuniyatlarini o’rnatish va amaliy selektsiyada ularning genetik potentsialidan foydalanish.